Yarim himoyachi «Manchester Siti»dan Elliot Anderson Fil Foden haqida fikr bildirdi. Foden 23-daqiqada qizil kartochka oldi, ammo «shaharchilar» «Old Trafford»da 1:0 hisobida g'alaba qozondilar.

«Fil butun o'yin davomida maydonda bo'lolmagani uchun juda xafa edi, lekin rozdevalkada u xursandchilikdan sakrab yurdi. Biz ham shunday qildik. Albatta, qizil kartochka o'yinni qiyinlashtirdi, lekin biz birlashdik. Bu bizning jangovar xarakterimiz va liderlik qobiliyatimizni ko'rsatadi. Albatta, Filning maydondan ketishi ideal emasdi, lekin vaziyatni hisobga olsak, yaxshi o'yin o'tkazdik», - deydi Anderson The Sun nashrida.

Keyingi Premyer-liga turida «Manchester Siti» «Sanderlend»ni qabul qiladi.