Matbuot «Chelsi»ni yarimhimoyachi Fermin Lopez bilan bog'lamoqda. «Pensionerlar» bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchini o'z jamoasida ko'rishni juda xohlaydi. Alonso shaxsan Fermin bilan bog'lanmoqchi va transfer haqida suhbatlashmoqchi ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
El Nacionalning xabariga ko'ra, «Barselona» prezidenti Joan Laporta «Chelsi»ga Fermin Lopezni qo'yib yuborishni xohlamaydi. «Chelsi»ning futbolchini qo'lga kiritish uchun bitta imkoniyati bor – 500 million evro evaziga sotib olish opsiyasini faollashtirish.
23 yoshli Fermin Lopezning amaldagi shartnomasi «Barselona» bilan 2030/2031 mavsumi oxirigacha davom etadi.
