Manchester Siti jamoasining bosh murabbiyi Enzo Mareska «Manchester Yunayted» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Erling Holand haqida fikr bildirdi.

«O'yinchilar har doim yaxshilanishi mumkin, har doim takomillashish uchun joy mavjud. Erling juda yaxshi ishlamoqda va bir payt kelganda, unga dam berishimiz kerak bo'ladi. Jahon chempionatidan keyin u butun mavsum davomida bunday ritmda o'ynay olmaydi», - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

«U baxtli, bu ko'rinib turibdi. Erling biz bilan qolganida, barchamiz baxtlimiz. Angliyada aytishlaricha, happy wife, happy life (baxtli xotin - baxtli hayot).

«Baxtli Erling - baxtli hayot».

26 yoshli norvegiya hujumchisining APLda 4 o'yinda 4 goli bor. Hozirda u chempionatning eng ko'p gol urgan o'yinchisi hisoblanadi.