15 yoshli norvegiyalik futbolchi «Volerenqa» a'zosi Gabriele Raykovich bir qator APLning top-klublarini qiziqtirmoqda. Bu haqda Transfer News Live xabar bermoqda.
Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko'ra, Gabriele Raykovichni sotib olishga Londondagi «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Liverpul» qiziqmoqda. Ushbu klublar yosh futbolchining rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda.
APL turnir jadvalida «Arsenal» 12 ochko to'plab birinchi o'rinda turibdi. Ikkinchi o'rinda «Manchester Siti» joylashgan, uchinchi o'rinda esa «Hall Siti» bormoqda. Keyingi o'rinlarda «Chelsi» va «Ipsvich» joylashgan.
