Hujumchi yarim himoyachi Jadon Sancho o‘tgan yozda Ispaniya chempionatiga o‘tishi mumkin edi. Uning xizmatlariga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko‘ra, ingliz qanot o‘yinchisi o‘tishi moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishilmagani sababli amalga oshmagan.
Hozirda 26 yoshli futbolchi jamoasiz qolmoqda. Uning so‘nggi ish joyi «Manchester Yunayted» bo‘lgan. Transfermarkt portalining mutaxassislari yarim himoyachining bozor qiymatini 18 million yevro deb baholamoqda.
