2019 yil aprelida «Tottanhem» yangi stadioniga ko'chib o'tdi. O'shandan beri jamoa Premier-ligadagi uy o'yinlarida turlicha natijalar ko'rsatdi: yorqin g'alabalar, achinarli mag'lubiyatlar va «kulrang» chiqishlar bo'ldi... Lekin 2026 yil 12 sentyabrgacha bu arenada «shporlar» hech qachon 0:0 hisobida o'yin tugatmagan.

140 o'yin davomida «Tottanhem Xotspur Stadionida» Premier-ligada 0:0 natijasi ko'rilmagan edi. Va nihoyat, bu birinchi marta sodir bo'ldi. Roberto de Dzerbi jamoasi «Everton» bilan durang o'ynadi.

Qiziq, «Tottanhem» oxirgi marta uy o'yinini 0:0 hisobida 2017 yil sentyabrda tugatgan. O'shanda «shporlar» «Suvonsi» bilan «Uembli» stadionida ochkolarni bo'lishgan.