Londonning Arsenal jamoasidagi yarim himoyachi Martin Subimendining kelajagi noaniq. Transfer News Live xabariga ko'ra, agar u «kanonirlar»ning asosiy tarkibida o'z o'rnini qaytarolmasa, ispan futbolchisi qishki transfer oynasida klubni tark etishni ko'rib chiqishi mumkin. Hozirgi mavsumda 27 yoshli futbolchi Mikel Arteta jamoasining beshta o'yinida zaxiradan maydonga tushdi.

Martin Subimendiga Chelsi va Madridning Real klublari qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 75 million evro deb baholamoqda, futbolchining «Arsenal» bilan tuzilgan shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.