«Liverpul» darvozaboni Alisson Bekker «Nottingem Forest» bilan o'yindan keyin nojo'ya xulq-atvori uchun jarimaga tortildi. Ushbu uchrashuv Angliya chempionatining birinchi turida bo'lib o'tdi va 2:2 hisobida yakunlandi.

O'yin tugagandan so'ng, Alisson kiyinish xonasiga yo'l olarkan, almashtirishlar haqida ma'lumot beruvchi elektron taxtani tepdi, deb xabar beradi Sportsmole. Bu hodisa unga 9300 evroga tushdi. Shuningdek, braziliyalik darvozabon jamoasidan chetlatilmaydi va «Fulxem»ga qarshi o'tkaziladigan kelgusi o'yinda maydonga tushishi mumkin.