Yapon qanot o'yinchisi «Brayton» Kaoru Mitoma jamoani yanvarda tark etishi mumkin.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Mitomaning «Brayton» bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli juda past, bu esa o'yinchining qishki transfer oynasida jamoani tark etish imkoniyatini oshiradi. «Chayka» Mitoma bilan muzokaralar olib borgan, ammo ular natija bermagan.
Hujumchi 2021 yildan buyon «Brayton»da o'ynaydi. Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi jarohati tufayli maydonga tushmagan.
Mitomaning klub bilan mavjud shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Mutaxassislar Transfermarkt yapon o'yinchisini 22 million evroga baholamoqda.
