Amerika Qo'shma Shtatlari terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Londondagi «Tottanxem»ga qaytish rejalari haqida gapirdi.
Argentinalik mutaxassisning aytishicha, «shporlar» haqiqatan ham unga murojaat qilishgan, lekin u AQSh terma jamoasi bilan bo'lib o'tadigan jahon chempionati sababli taklifni qabul qila olmagan.
«Agar men bo'sh bo'lganimda, albatta, taklifni qabul qilardim. Balki bir kun yulduzlar to'g'ri kelar va men klubga qaytaman. Men «Tottanxem»ni hatto Chempionshipda ham boshqarardim. Bu men har doim yordam berishga tayyor bo'lgan yagona klub. Boshqa jamoaga bormasdim, faqat «Tottanxem»ga,» deydi Pochettino talkSPORTga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Pochettino «shporlar»ni 2014 yildan 2019 yilgacha boshqargan. Uning rahbarligida jamoa Angliya bo'yicha ikkinchi o'rin egallagan va Chempionlar ligasi finaliga yetib borgan.
