Londonning «Arsenal» klubi hujumchi Viktor D'yokeresh bilan ayrilishishga tayyor, lekin bitta shart bilan.

TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, «kanonirlar» shved futbolchini yangi yulduz hujumchini topmaguncha qo'yib yubormaydi. «Julian Alvarez» «Arsenal» uchun eng istalgan variant bo'lib qolmoqda, ammo u karerasini «Barselona»da davom ettirishni xohlaydi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Arsenal» «Al-Ahli» hujumchisi Aiven Toni  bilan shartnoma tuzish imkoniyatini ham ko'rib chiqmoqda. Biroq, Toni faqatgina D'yokeresh o'rnini bosuvchi sifatida ko'rib chiqilmoqda, Kai Havertzning asosiy tarkibdagi o'rnini egallashi uchun emas.

Yangi mavsumda 28 yoshli D'yokeresh ikki o'yinda qatnashdi, ammo gol urish bilan ajralib turmadi.