«Liverpul» yarim himoyachisi Isak Konde boshqa ingliz top-klubi - «Manchester Yunayted» ga o'tmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» 16 yoshli talantni transfer qilish bo'yicha kelishuvni yakunlagan. O'tgan 24 soat ichida o'tishning barcha tafsilotlari kelishilgan.
O'tgan mavsumda Konde «Liverpul» U18 jamoasi uchun olti o'yin o'tkazdi va bir assist qayd etdi.
Yangi Angliya Premyer Ligasi mavsumining uch turidan so'ng «Manchester Yunayted» to'rt ball to'pladi. Manchesterdagi jamoa mamlakat chempionatida 11-o'rinda turibdi.
