«Arsenal» darvozaboni David Raya o'z kuchiga bo'lgan ishonch haqida fikr bildirdi. «Arsenal» yangi ingliz chempionatida uchta g'alaba bilan boshladi, bir necha vaqt oldin jamoa Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi.

«Uchta o'yindan so'ng, ayniqsa, Angliya Superkubogida «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g'alabadan keyin… O'zimiz o'ynagan uslubimiz bizga qo'shimcha motivatsiya va ishonch beradi, shuning uchun biz xohlaganimizdek o'ynashda davom etishimiz mumkin», - deb aytgan futbolchini Daily Mail keltiradi.

«Biz bu ligada har qanday raqibni yengishimiz mumkinligini bilamiz. Faqat hozirgi zamonga e'tibor qaratish va bugun yashashimiz kerak. Men o'zimdan ko'proq talab qilishni xohlayman», - qo'shimcha qildi Raya.

«Arsenal»ning keyingi o'yini 9-sentabrda bo'lib o'tadi. «Kanonirlar»ning raqibi «Napoli» bo'lib, uchrashuv Chempionlar ligasi doirasida o'tkaziladi.