Londonning «Arsenal» klubi Viktor D'yokereshni boshqa hujumchi bilan almashtirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu o'yinchi saudiya «Al-Ahli» jamoasida to'p surayotgan Ayven Toni.  Indykaila News ma'lumotlariga ko'ra, «kanonirlar» rasmiylari shved o'yinchisini ingliz futbolchisi bilan almashtirish bo'yicha potentsial kelishuvni muhokama qilishgan.

Ayven Toni «Al-Ahli» safida 99 o'yinda 78 gol urib, 17 golli uzatma bergan. 30 yoshli futbolchining bozor qiymati Transfermarkt mutaxassislari tomonidan 20 million evro deb baholanmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi. 28 yoshli D'yokereshning qiymati esa xuddi shu portalda 65 million evro deb ko'rsatilgan.