«Manchester Yunayted» jamoasi murabbiyi Maykl Karriq o‘z jamoasidagi futbolchilar haqida fikr bildirdi.
«Hozirda bizdan oldinda turgan klublar bor. Men taxminan sakkiz oydan beri ishlayapman, ba'zi futbolchilar esa biroz oldin kelishdi. Qanday natijaga erishishimiz faqat bizdan bog‘liq. Bizda ajoyib futbolchilar bor, ular natija bera olishlarini ko‘rsatdi», - deya qayd etdi «qizil iblislar» bosh murabbiyi Daily Mail nashriga.
Ikki o‘yin o‘tkazganidan so‘ng, APLda «Manchester Yunayted» uch ochko to‘plab, turnir jadvalida 12-o‘rinda turibdi. Manchesterdagi jamoaning keyingi o‘yini 6 sentyabrda «Everton»ga qarshi safarda bo‘ladi.
