«Manchester Siti» hujumchisi Erling Haaland klub darajasida 300 golga yetdi.
Norvegiya futbolchisi ushbu yubiley golini bugun o‘tayotgan Angliya chempionatining uchinchi turidagi «Koventri»ga qarshi o‘yinda kiritdi. Haaland birinchi taymda Antuan Semenyoning uzatmasini bosh bilan to‘g‘rilab, «shaharchilar»ni oldinga olib chiqdi - 1:0.
«Manchester Siti»da 26 yoshli hujumchining hisobida endi 165 gol bor. Avvalroq Haaland Dortmundning «Borussiya»sida 86 marta, «Zaltsburg»da 29, va «Molde»da 20 gol kiritgan. Shunday qilib, to‘rt klubda o‘ynab, norvegiya hujumchisi 300 golga yetdi.
