«Atletiko» Madridning qanot o'yinchisi Alejandro Baena «Manchester Siti» va boshqa Angliya Premier Ligasi jamoalari tomonidan kuzatilmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli ispanning xizmatlariga «Manchester Siti», «Nyukasl» va «Aston Villa» qiziqmoqda. Biroq, «matraschilar» Baenani sotishni rejalashtirmayotganligi sababli, yanvar oyida shartnoma tuzish juda qiyin deb hisoblanmoqda.
Shunga qaramay, manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yuqorida sanab o'tilgan barcha klublar, hech bo'lmaganda, vaziyatni o'rganishga harakat qilishadi. Muzokaralar yanvar oyida boshlanishi mumkin, ammo transfer faqat kelasi yozda amalga oshishi kutilmoqda.
Ispaniyaning La Ligasi yangi musobaqasida Baena uchta o'yinda uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
