Ingiltarining «Ipsvich» jamoasi «Liverpul»ga qarshi o'yinda juda tez ikki gol o'tkazib yuborib, 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, bu «Ipsvich»ning Angliya chempionatining yuqori ligasida ketma-ket 22-o'yinida kamida bir gol o'tkazib yuborishi bo'ldi. Bu APLda klub uchun yangi antirekord hisoblanadi. «Ipsvich» oxirgi marta 2024/2025 mavsumida, yuqori ligada o'ynaganida, gol o'tkazib yubormagan edi.

O'shanda, 2024 yil 30 dekabrda, «Ipsvich» inqirozga uchragan londondagi «Chelsi»ga ikkita javobsiz gol urgan va bu «Ipsvich»ning yuqori ligadagi oxirgi «suxoy» o'yini bo'lgan.