«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak Premyer-liganing uchinchi turida «Ipsvich» ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng, jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Shved futbolchisi o'yinning boshida, ya'ni 6 va 9-daqiqalarda ikkita gol urdi.

«Biz birinchi g'alabani kutayotgan edik. O'yinlarni yaxshi boshlash muhim, lekin oxirgi paytlarda bu bizga omad bermadi. Bugun tezda ikkita gol urganimizdan xursandman.

O'ylaymanki, biz o'zimiz xohlaganidek o'ynashni boshlayapmiz. Bugun ko'p narsalar yaxshi ketdi. Biz ikki marta to'pni darvozaga urdik, lekin yana ko'proq ham urishimiz mumkin edi», – dedi 26 yoshli hujumchi, 64-daqiqada maydondan almashtirildi.

Aleksandr Isak joriy chempionatning uchta uchrashuvida uchta gol urdi – bu o'zining o'tgan mavsumda APLda 14 o'yinda urgan goliga teng.