«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Vilyam Saliba tiklanishi haqida ma'lumot berdi.
- Hozircha, u qancha hafta davomida maydonga tusha olmasligini bilmaymiz, chunki bu jarayon har bir insonda turlicha kechadi. Bizga muayyan muddatlarga rioya qilishimiz kerak. So‘nggi bir necha haftada jarayon juda ijobiy bo‘ldi, lekin biz kutishimiz va yuklamani oshira boshlaganda orqa qismi qanday javob berishini ko‘rishimiz kerak, - dedi Arteta.
Fransuz yozgi jahon chempionatida orqa tarafidan jarohat oldi va hozirgi mavsumda birorta o‘yinda ham qatnashmadi. Aniq qaytish muddatlari bo‘lmasa-da, Saliba «Arsenal»ning Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga kiritilgan ro‘yxatida mavjud.
