«Manchester Siti»ning bosh murabbiyi Enzo Mareska Angliya chempionatida «Koventri» bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvdan kutganlari bilan o'rtoqlashdi.
Mutaxassis raqib murabbiyi Frenk Lempardning ishini alohida ta'kidladi.
- Mening fikrimcha, o‘tgan mavsumda u ajoyib ish qildi va bu mavsumda ham o'zini yana yaxshi ko'rsatadi. Men ularning to'p bilan va to'psiz nima qilishni xohlayotganlarini aniq ko'ryapman. Ertaga qiyin o'yin kutayotganimizda hech qanday shubham yo'q, chunki Premier Ligada oson o'yinlar bo'lmaydi, - dedi Mareska matbuot anjumanida.
«Manchester Siti» 5 sentyabrda «Koventri»ni qabul qiladi. Uchrashuv boshlanishi 17:00 msk ga mo'ljallangan.
