«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq jamoada hujumchi Joshua Zirkzeening roli haqida fikr bildirdi.

- Albatta, u jamoa, tarkib va uning chuqurligi uchun muhim. U bu yerda baxtli, bizda juda yaxshi munosabatlar mavjud. U ko'proq o'ynashni xohlaydi, lekin bu sog'lom raqobat. Oldinda ko'p o'yinlar bor, ularning orasidagi vaqt qisqaradi. Joshua haqiqatan ham ajoyib narsalarni ko'rsatishga qodir, buni o'zim ham ko'rganman, - deydi Karriq BBCga.

So'nggi transfer muddati kunida «Everton» 25 yoshli hujumchini ijaraga olishga harakat qildi, ammo mankunianlar taklifni rad etishdi. Hozirgi mavsumda niderlandlik hali rasmiy o'yinlarda maydonga tushmagan.