«Bavariya»ning qanot himoyachisi Sasha Boe «Everton»ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalistlar Kristian Falk va Julian Agardi ma'lum qilishdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Everton» transfer oynasi yopilishidan oldin «Bavariya» bilan Boe bo'yicha muzokaralar olib borgan, lekin oxirgi daqiqada «iriskalar» boshqa futbolchiga e'tibor qaratishga qaror qilgan. Frantsiyalik himoyachi yangi imkoniyat paydo bo'lsa, nemis grandini tark etishi aytilmoqda.

Hozirgi mavsumda 25 yoshli Boe maydonga tushmagan. Himoyachining «Bavariya» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi o'n million evro.