«Manchester Yunayted» futbolchisi Brayan Mbeumo o'zining jamoa doshti Markus Rashford haqida nima o'ylashini aytib berdi.

28 yoshli ingliz futbolchisi «Barselona»da o'tkazilgan ijaradan so'ng, o'z klubiga qaytib keldi.

«Markusning qaytganidan juda xursandman. U bilan tanishish juda yoqimli edi. Biz hammamiz uning qobiliyatlarini, klub uchun ahamiyatini bilamiz, va men uning jamoada bo'lishidan juda xursand ekanligini ko'ryapman, u juda quvnoq ko'rinadi. O'ylaymanki, bu uning o'zi uchun ham yaxshi», – deydi Mbeumo, The United Stand nashriga ko'ra.

Markus Rashford o'tgan turda «Ipsvich»ga qarshi (5:2) o'yinda 80-daqiqagacha maydonda bo'ldi, lekin gol yoki assist bilan ajralib turmadi.