Mashhur insayder Fabrizio Romano «Chelsi» va «Monako» o'rtasida yuzaga kelgan ziddiyat haqida fikr bildirdi.

Tomonlar yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin yarim himoyachi Lamina Kamara bo'yicha bitimning barcha shartlarini kelishib olgan edi. Senegallik futbolchi «ko'klar» safiga qo'shilishi kerak edi, ammo monakolar oxirgi daqiqada transferni bekor qildilar, bu esa londonliklarning rahbariyatini juda g'azablantirdi.

«Men «Chelsi» direktorlarini bunday g'azablangan holda ko'rganim juda kam. O'ylaymanki, kelgusi yillarda «Chelsi» va «Monako» o'rtasida bitimlar ko'rinmaydi», – dedi Romano o'z podkastida.

Lamina Kamarani imzolash ingliz grandiga 55 million evroga tushishi mumkin edi.