«Manchester Yunayted» kapitani Brunu Fernandesh jamoasining penaltidan urgan gollari haqida jamoatchilik munosabatini gapirib berdi.
Portugaliyalik yarimhimoyachi «qizil jodugarlarda» jami 110 gol urgan, shulardan 43 tasi – penaltidan.
«Men penaltidan gol urishni yoqtiraman, chunki odamlar doimo shikoyat qilishadi. Menga bu yoqadi, davom etsinlar shikoyat qilishda!» – dedi Brunu, uning so'zlarini UtdDistrict keltirmoqda.
Fernandesh yaqinda «Ipsvich»ga qarshi bo'lib o'tgan Premier-liga o'yinida hat-trik qayd etdi, o'yin 5:2 hisobida «Manchester Yunayted» foydasiga yakunlandi. Hujumchining uchta golidan biri penaltidan urilgan.
