Manchester Yunayted»ning kapitani Bruno Fernandes Lissabonning «Sporting» klubiga qarshi Chempionlar ligasidagi o'yin kutayotganini bildirdi.
«Qizil iblislar»ning safarda o'ynashi 25-noyabrda bo'lib o'tadi.
«Men juda xursandman. O'sha yerga qaytib, «Sporting»ga qarshi o'ynashim mumkinligini bilish juda yoqimli. Biroq, albatta, men aralash his-tuyg'ularni boshdan kechiryapman, chunki bu klub bilan ajoyib tarixim bor», – deydi portugaliyalik yarimhimoyachi UtdDistrictga bergan intervyusida.
Bruno Fernandes 2017-yildan 2020-yilning boshigacha «Sporting»da o'ynagan va shundan so'ng «Manchester Yunayted»ga o'tgan.
