«Kristal Pelas»ning bosh murabbiyi Pyer Sazh Ismaila Sar haqida fikr bildirdi. «Liverpul» 28 yoshli senegallikni Mohamed Salahga muqobil sifatida ko‘rgan, ammo transfer amalga oshmadi.
«U buni qabul qilishi kerak, chunki ko‘plab futbolchilar uchun bunday klubda o‘ynash orzu. Uda yaxshi imkoniyat bor edi, lekin natijada hech narsa bo‘lmadi. Biz uning vaqtga muhtojligini tushunamiz. Har qanday noqulay vaziyatda vaqt dori bo‘ladi», - deya Sazhdan iqtibos keltiradi FourFourTwo.
Murabbiy, shuningdek, Sarrning yanvarda «Liverpul»ga o‘tishini istisno qildi. Sazhnning so‘zlariga ko‘ra, «Kristal Pelas» futbolchini mavsum o‘rtasida, ayniqsa, jamoaning evrokuboklarda ishtirokini hisobga olgan holda, qo‘yib yuborishni rejalashtirmaydi.
