«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrique hujumchi Bratli Barkolaning «Liverpul»ga o'tishi haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, fransuz ko'proq o'yin vaqti olishni va jamoada muhimroq rol o'ynashni xohlagan.

«U ketishni xohladi, chunki ko'proq o'yin vaqti va muhimroq rol o'ynashni istardi. Lekin men hech bir futbolchiga buni kafolatlay olmayman - hammasini mashg'ulotlarda va o'yinlarda o'z joyini egallash kerak. U jamoa uchun juda muhim edi, hamkasblari uni yaxshi ko'rishadi. Barchamiz uchun bu oson emas, chunki Bratli - ajoyib inson. Men har doim uning haqida faqat yaxshi gapirdim. Kelajakda jamoadan muhim futbolchilar ketishi normal holat. Bu hayot, va buni qabul qilish kerak», - deydi murabbiy Marca nashrida.

Avvalroq Enrique «Oltin to'p» haqida fikr bildirgan edi.