«Independiente del Valle» hujumchisi Xuan Angulo Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tdi. 18 yoshli ekvadorlik futbolchi «Sanderlend» safida o'ynaydi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladilar, uning tafsilotlari oshkor etilmagan. Transfermarkt portaliga ko'ra, bitim summasi 5,85 million evroni tashkil etadi. O'yinchi bilan «qora mushuklar» 2031 yil yozigacha shartnoma imzoladilar.

Hozirgi mavsumda Ekvador chempionatida Xuan 15 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Ikki turdan so'ng APL da «Sanderlend» 3 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'rinda turibdi.