Himoyachi Djumma Ba, huquqlari «Manchester Siti»ga tegishli bo'lgan, Germaniya chempionatida karerasini davom ettiradi. 20 yoshli futbolchi «Augsburg»ga o'tdi.
Klubning matbuot xizmati ma'lum qilishicha, futbolchi nemis jamoasi safida hozirgi mavsum oxirigacha ijarada o'ynaydi. Tomonlar o'rtasida sotib olish opsiyasi ham ko'zda tutilgan.
Djumma o'z faoliyatini «Manchester Siti»da o'tgan yili boshlagan. Shundan so'ng, himoyachi ikki marta ijaraga berilgan. U fransuzlarning «Nitsa» va «Lans» jamoalarida o'ynagan.
«Augsburg» yangi Bundesliga mavsumini ishonchli g'alaba bilan boshladi. Jamoa o'z uy stadionida «Shalke»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
