Xavbek «Manchester Siti» Klaudio Echeverri klubini o'zgartirdi. 20 yoshli futbolchi tumanli Albionni tark etib, Portugaliyaga ko'chdi va lisabonlik «Benfika» ranglarini himoya qiladi.
Portugaliyaning yirik klubi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, «qushlar» Echeverrini mavsum oxirigacha ijaraga oldi va uni sotib olish huquqiga ega.
O'tgan mavsumda Klaudio «Jirona» va leverkuzenlik «Bayer»da ijarada o'ynadi. Yarim himoyachi La Liga va Bundesligada 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.
Uchta turdan so'ng «Benifika» joriy mavsumda jadvalda beshinchi o'rinda turibdi.
