22 yoshli «Aston Villa» yarim himoyachisi Lamar Bogard yaqin orada yangi shartnoma taklifini olish imkoniyatiga ega. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «Aston Villa» gollandiyalik futbolchiga shartnomani uzaytirish taklifini tayyorlamoqda. Oldinroq Birmingem klubi futbolchini «Ipswich» va «Brighton»ga sotishdan bosh tortdi, chunki bosh murabbiy Unai Emeri uni saqlab qolishni xohlagan.
Yangi mavsumda Bogard ikki o'yinda ishtirok etdi, ammo natijali harakatlar bilan ajralib turmadi.
Yarim himoyachining «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi.
