Myunxenning «Bavariya» himoyachisi Yosip Stanisich bir qator evropalik top-klublarning e'tiborida. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

26 yoshli futbolchi Londondagi «Arsenal», «Liverpool», «Manchester Yunayted», Madridning «Real» va «PSJ»ning qiziqishiga tushgan.

Germaniya tomoni futbolchini transfer qilish uchun 55 dan 65 million evrogacha talab qilishi mumkin. Stanisichning myunxenlik grand bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilda tugaydi.

O'tgan mavsumda Germaniya chempionatida himoyachi 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yosip ikki gol urdi va uchta golli uzatma berdi.