«Barselona» himoyachisi Alejandro Balde «Manchester Yunayted»ga qishki transfer oynasida o'tishi mumkin. Buni The Touchline xabar qilmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, klub va futbolchi o'tgan yozda transferni kelishib ololmagan. Bundan tashqari, himoyachi o'zi «Barselona»dan ketishni xohlamagan.

Shu bilan birga, agar Balde o'yin vaqtini kam olsa, yanvar oyida ketish variantini ko'rib chiqishi mumkinligi ta'kidlanmoqda.

Yangi mavsumda 22 yoshli ispaniyalik bir marta ham maydonga tushmagan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi. Transfermarkt portalining mutaxassislari himoyachini 50 million evroga baholamoqda.