Hujumchi yarim himoyachi «Manchester Siti» Djek Grilish yana «Everton»ga jo'naydi.
Dushanba kuni kechqurun klublar 30 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha to'liq kelishuvga erishdilar, deb xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano. O'z navbatida, ingliz futbolchisi ham o'tishga rozilik berdi. Seshanba kuni ertalab tibbiy ko'rik o'tkaziladi, shundan so'ng bitim rasmiy ravishda e'lon qilinadi.
Djek Grilish o'tgan mavsumda «Everton»da ijarada o'ynagan: u jamoa safida 22 o'yinda qatnashib, ikki gol urdi va olti assist berdi. Hozirgi kunga kelib, qanot o'yinchisinin «shahar» bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi.
