«Arsenal» qanot o'yinchisi Bukayo Saka «Aston Villa» ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi. Ikkinchi turdagi mehmondorchilik uchrashuvi APLda 1:0 hisobida yakunlandi, Saka 59-daqiqada gol urdi.

«Juda, juda qiyin o'yin bo'ldi. Bu yerda hech qachon oson bo'lmaydi - raqiblar bizga ko'p muammolar yaratdi. Shuning uchun g'alaba yanada ko'proq zavq bag'ishlaydi», - deydi o'yinchi BBCga.

«Ular juda zich himoyalanishdi va himoya chizig'ini yuqoriga ko'tarishdi, bu esa bizni ko'p marta ofsaydda qoldirdi. Bizga moslashishga to'g'ri keldi. Bu o'zimiz duch kelganidan juda farq qilar edi, o'tgan hafta biz o'zimizning odatiy hujum kombinatsiyalarimizni o'ynay olmadik».

«To'p bilan biz maksimal darajada o'ynamadik. Ammo to'psiz ajoyib o'ynadik. To'pni yo'qotganimizdan so'ng, darhol orqaga qaytardik. Ular himoyadan hujumga tez o'tishni yaxshi ko'rishini bilardik. Bugun barcha o'yinchilar to'liq kuchlarini sarfladilar. Bu bizga darvozamizni himoya qilishda yordam berdi», - deydi futbolchi.

«Manchester Siti», «Arsenal», «Hall Siti» va «Chelsi» 6 ochko bilan turnir jadvalining yuqorisida joylashgan. Keyingi turda «Arsenal» va «Chelsi» to'g'ridan-to'g'ri uchrashadilar.