Atakchi yarim himoyachi Mayki Mur, huquqlari Londondagi «Tottenhem»ga tegishli, Germaniyada faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali jurnalist Fabrizio Romano xabar bermoqda.
19 yoshli ingliz futbolchisi uchun yangi ish joyi «Kol'n» bo'ladi. «Ko'zlar» Murni 2026/2027 mavsumi oxirigacha ijaraga oladi. Shu bilan birga, tomonlar o'rtasidagi kelishuvda xarid qilish opsiyasi ko'zda tutilmagan.
O'tgan o'yin mavsumida qanot o'yinchisi shotlandiyalik klub «Reyndjers» sharafini himoya qilgan. Mayki mahalliy chempionatda 33 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma bergan.
