Ingliz «Everton» hujumchisi Betu Gomes o'zining futbol karerasini Italiyaning chempionatida davom ettiradi. Buni insayder Fabrizio Romano Sky Sportga tayanib xabar bermoqda.
Xabarlarga ko'ra, futbolchining yangi ish joyi «Fiorentina» bo'ladi. Florensiya klubi «iriskalar» bilan Betu transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. O'yinchining tibbiy ko'rikdan o'tishi 31-avgust, dushanba kuniga belgilangan.
O'tgan mavsumda Angliya Premyer Ligasi doirasida 28 yoshli hujumchi «Everton»da 37 ta o'yinda qatnashdi. Betu to'qqizta gol urdi va birta golli uzatmani amalga oshirdi.
