Londonning «Arsenal» jamoasining qanot o'yinchisi Gabriel Martinelli «Al-Hilal»ga o'tishga yaqin.
Saudiya klubi «kanonirlar» bilan transfer shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi, bu haqda yakshanba kuni ma'lum bo'ldi. O'z navbatida, o'yinchi ham o'tishga rozilik berdi.
«Gabi – Arsenalning o'yinchisi, hozircha bu haqida boshqa hech narsa aytmayman. Men savolning mohiyatini tushunaman, lekin hozir bu mavzuni muhokama qilish vaqti emas», – dedi Arteta 31-avgust, dushanba kuni «Aston Villa»ga qarshi o'yin oldidan.
«Arsenal» Martinellini sotishdan 65 million evrodan ortiq daromad oladi. Braziliyalik o'yinchi 2019 yildan buyon londonlik klubning ranglarini himoya qilmoqda.
