Manchester Yunayted jamoasining kapitani Bruno Fernandes APLning ikkinchi turida «Ipsvich» ustidan 5:2 hisobida g‘alaba qozonishlarini sharhladi. Portugaliyalik futbolchi hat-trik qayd etdi.

«Gollar urish - futboldagi eng yaxshi his. Uyda hat-trik qilish ajoyib, va men bundan juda faxrlanaman. Jamoaga o‘yinda g‘alaba qozonishda yordam berish uchun gol urishim kerak. Bugun buni uddaladim. Umid qilamanki, buni ko‘proq amalga oshira olaman, shuningdek, jamoa do‘stlarimga gol urishda yordam bera olaman» - deya Fernandesni Sky Sports iqtibos keltirmoqda.

«Biz uchun bu g‘alaba juda muhim. O‘tgan hafta uch ochko yo‘qotdik, shuning uchun bugun shuncha ochko olishimiz va yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak edi. Ikkinchi taymda juda yaxshi o‘ynadik. Tanaffusgacha gol urish muhim edi. Bu bizga ishonch berdi va oldin qilgan ishlarimizning barchasi yomon emasligini ko‘rsatdi».

3 ochko bilan «MYU» turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinda turibdi. Jamoa keyingi o‘yinini 6 sentyabrda Evertonga qarshi o‘tkazadi.