«Marsel» yarim himoyachisi Kvinte Timber «Kristal Pelas» bilan shaxsiy shartnomasi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda GFFN xabar bermoqda.

«Marsel» yoz davomida o'yinchilarni sotishga majbur bo'ldi. Transfer oynasining so'nggi kunlarida klub bir nechta futbolchidan ayrilish jarayonida bo'ldi.

Timber «Marsel»ga yanvar oyida qo'shildi. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida u 16 ta o'yinda maydonga tushdi. Jamoa bosh murabbiyi Bruno Jenezio yarim himoyachini saqlab qolishni xohlagan, ammo klubning moliyaviy holati talabgor o'yinchilarni ushlab turishga imkon bermayapti.

Shuningdek, ingliz klubi «Marsel» bilan transfer summasi bo'yicha kelishuvga erishishi kerakligi ta'kidlangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.