«Nyukasl» «Lille» bilan 21 yoshli belgiyalik hujumchi Matias Fernandes-Pardo transferi bo'yicha kelishuvga yaqinlashdi. Bu haqda Get French Football News xabar bermoqda.
Fernandes-Pardo 29-avgustda «PSJ»ga qarshi o'yin uchun «Lille» ro'yxatiga kiritilmadi. Shuningdek, futbolchining mashg'ulotlarda ishtirok etmaganligi va fransuz klubidagi oxirgi o'yinini o'tkazgan bo'lishi mumkinligi haqida ma'lumot berilgan.
«Nyukasl» yoz davomida belgiyalik futbolchiga qiziqish bildirdi, ammo uzoq vaqt davomida klublar uning narxi bo'yicha kelisha olmadilar. Endi esa muzokaralarda yutuq kuzatildi.
O'tgan mavsumda futbolchi 41 o'yinda 8 gol va 7 assist bilan o'z hisobiga yozdirgan.
