«Liverpul» «Kristal Pelas» ning qanot o'yinchisi Ismaila Sarr uchun yangi taklif tayyorlamoqda.
Avvalroq «qushlar» 28 yoshli futbolchini «qizillar»ga 60 million evroga sotishdan bosh tortgan edi. Dsports jurnalisti Hadim Diakata ma'lumotlariga ko'ra, merseysaydliklar Sarr uchun 75-80 million evro taklif qilmoqchi. Senegallik o'yinchi Kodi Gakpo o'rnida ko'rilmoqda, u allaqachon «Manchester Siti» bilan kelishuvga erishgan.
Ismaila Sarr joriy mavsumda maydonga tushmagan, o‘tgan mavsumda esa 45 o'yinda 21 gol va ikki assist bilan ajralib turdi. Mashhur Transfermarkt portalining mutaxassislari o'yinchining narxini 45 million evro deb baholamoqda.
