«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq yarim himoyachi Meyson Maunt haqida savollarga javob berdi.
27 yoshli futbolchi avgust oyining boshida «PSJ» bilan bo'lgan nazorat uchrashuvida olgan jarohati sababli mavsumning boshlanishini o‘tkazib yubormoqda.
«Meyson ko‘p foyda keltirishi mumkin, shubhasiz. U yuqori darajadagi o'yinchi va u tayyorgarlik jarayonida juda yaxshi o'zini ko'rsatdi. Uning jarohatidan ko'p vaqt o'tmadi, shuning uchun u tezda o'z shaklini tiklashi kerak.
Maunt bilan ishlash oson, uning xarakteri ajoyib va to'g'ri kayfiyatda. Bu kichik jarohat uni xafa qildi, lekin bu uning joriy mavsumda o'zini ko'rsatishiga to'sqinlik qilmaydi», – deya Karriqni iqtibos keltiradi centredevils.
Bugun soat 18:30 da «Manchester Yunayted» va «Ipsvich» o'rtasida Premyer-liga o'yini boshlanadi.
