Entoni Elanga «Nyukasl»ga «Totenxem»ni 2:0 hisobida mag'lub etishda yordam berdi.
24 yoshli futbolchi 62-daqiqada hisobni ochdi va keyin T'yerri Anrining mashhur nishonlash uslubini takrorladi, maydonda tizzasida harakatlanib, «shporlar» muxlislarining oldida bosh egdi. Fransuz bu harakatni 2002 yilning kuzida «Arsenal»da o'ynab, xuddi shu «Totenxem»ga qarshi gol urganida amalga oshirgan edi.
«Men har doim Anrini eng sevimli o'yinchim deb aytganman. Agar bugun gol ursam, shunday nishonlayman deb bilardim», – dedi Elanga Sky Sports bilan suhbatda.
O'yin natijasini Yoan Vissa 72-daqiqada belgilab berdi.
