«Kristal Pelas» «Udineze» himoyachisi Umara Solaga qiziqish bildirmoqda. FootMercato ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi 25 million yevro taklif qilishga tayyor.
«Qushlar» boshqa transfer nomzodi Xoel Ordonyesning tibbiy ko'rikdagi muammolari tufayli o'yinchiga qiziqishni kuchaytirdi.
Avvaliga «Pelas» Solani ijaraga olib, keyin sotib olish imkoniyatini taklif qilmoqchi edi, ammo «Udineze» bu variantni rad etdi. Endi londondagi klub to'liq transfer imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
26 yoshli fransuz «Udineze»da o'ynaydi va uning italiyalik klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi. O'tgan mavsumda himoyachi 35 o'yin o'ynab, 3 gol urdi va 1 golli uzatma berdi.
