«Manchester Yunayted» «Fiorentina»dan hujumchi Jozua Zirkzeeni ijaraga olish bo'yicha taklifni ko'rib chiqmoqda.

Italiyaliklar futbolchi uchun besh million evro to'lashga tayyor va uning maoshini qoplashni o'z zimmalariga olishni, shuningdek, sotib olish opsiyasini faollashtirishni xohlamoqda, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano.

25 yoshli niderlandiyalikning Manchester Yunayted bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. Uning bozor qiymati 20 million evro deb baholanmoqda.

«MYU»da o'tkazgan ikki yil ichida hujumchi 75 o'yinda to'qqiz gol urdi va to'rt golli uzatma berdi.

O'yinchining vakillari ham «fiolalar» taklifini o'rganmoqda. Futbolchi keyinroq javob berishga va'da berdi.