Flank hujumchisi «Kristal Pelas» Ismaila Sarr «Liverpool» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda indykaila News xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Merseysaydlilar bilan kelishuvga erishgach, senegallik futbolchi «qarg'alar» rahbariyatini «Liverpool» taklifini qabul qilishga ishontirishga harakat qilmoqda. O'yinchi «qizillar» safida karerasini davom ettirishga tayyor.

Ismaila Sarr 2024 yildan buyon «Kristal Pelas» uchun o'ynaydi. O'sha paytdan beri u barcha musobaqalarda 92 o'yin o'tkazdi, 33 gol urdi va o'z hisobiga o'nta golli uzatma yozdirib qo'ydi.

Yangi mavsumda 28 yoshli qanot hujumchisi hali maydonga tushmadi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.