Chorshanba kuni «Manchester Siti» Marokash terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi Ayub Bouaddi bilan besh yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Ingliz klubining sport direktori Ugu Viana «Manchester Siti» matbuot xizmatiga bergan intervyusida 18 yoshli yangi o'yinchi haqida fikr bildirdi.
«Ayubning potentsiali juda yuqori – u yuqori darajadagi yarim himoyachi bo'lish uchun zarur bo'lgan barcha sifatlarga ega. U 18 yoshda, lekin allaqachon ajoyib futbol intellektini namoyish etmoqda, va Mareshka boshchiligida u yanada rivojlanadi», - dedi Viana.
O'tgan mavsumda Bouaddi fransuzning «Lille» jamoasida o'ynadi. Ushbu jamoa safida 42 o'yinda bir assist berdi.
